Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bog‘dodda ko‘p qavatli uydagi xonadonda qulflanib qolgan yosh bola qutqarildi
Ona qo‘shninikiga chiqib ketgan paytda 2 yoshli bola o‘zi bilmagan holda eshikni ichkaridan qulflab qo‘ygan.
Farg‘ona viloyati Bog‘dod tumanida ko‘p qavatli uylardan birida qulflanib qolgan bola tuman FVB xodimlari tomonidan qutqarilgan. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar qildi.
Qayd etilishicha, Bog‘dod tumani FVB navbatchilik qismiga soat 9:34da Ma’rifat ko‘chasi xonadonlarining birida yolg‘iz bola qulflanib qolgani to‘g‘risida xabar kelib tushgan.
Ma’lum bo‘lishicha, ona qo‘shninikiga chiqib ketgan paytda bola o‘zi bilmagan holda eshikni ichkaridan qulflab qo‘ygan. Xonadon ichkarisida telefoni qolib ketgan ona qo‘shni uyda ishlayotgan ustalar telefonidan FVBga aloqaga chiqib yordam so‘ragan.
Tuman FVB qutqaruvchilari aytilgan manzilga 9:40da yetib borgan. Maxsus asbob-anjomlar bilan fuqaro uyining oynasidan kirib bolaga yordam ko‘rsatilgan va yaqinlariga sog‘-omon topshirilgan.
Mavzuga oid
10:25 / 17.06.2026
Farg‘onada yong‘in oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi
08:45 / 15.06.2026
Farg‘onada 1 kilogrammdan ortiq gashish olib ketayotgan shaxs qo‘lga olindi
21:36 / 14.06.2026
Farg‘onada "Lasetti" qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketishi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi
09:50 / 12.06.2026