Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buxoroda qurilish materiallari klasterlari tashkil etiladi
Viloyatning 8 ta tumanida 78 ta noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa’ri uchastkalari auksion savdolariga chiqariladi.
Vazirlar Mahkamasining “Buxoro viloyatida qurilish materiallari sanoatini jadal rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Qaror 2022 yil 11 fevraldan kuchga kirgan. Bu haqda Norma.uz xabar bermoqda.
Qarorda viloyatda klaster usulida qurilish materiallari sanoatini jadal rivojlantirish, mahalliy mineral-xomashyo resurslarini qayta ishlashga investitsiyalarni jalb qilish, raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqarish va eksport qilish maqsadida quyidagi vazifalar qo‘yildi:
— sement xomashyosini, ohaktosh, gips va boshqa xomashyolarni qazib olishni oshirish;
— marmar va granit konlarini o‘zlashtirish, zamonaviy pardozbop qoplama toshlar ishlab chiqarish;
— grafit konini to‘liq o‘rganish, uni sanoat usulida qazib olish va chuqur qayta ishlash, grafit elektrod, tez zaryadlanuvchi akkumulyatorlar uchun grafit tayoqchalar va zamonaviy elektrotexnika sanoatining ehtiyot qismlarini ishlab chiqarishni tashkil etish;
— oxrani qazib olishni tashkil etish, undan tayyor maxsulotlar, bo‘yoqlar, mineral to‘ldirgichlar va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarish;
— qum-shag‘al aralashmasi konlarini o‘zlashtirish, saralash va maydalash quvvatlarini barpo etish hamda inert materiallar (qum, shag‘al)dan tayyor temir-beton mahsulotlari, asfalt va yo‘l qurilishi materiallari ishlab chiqarishni tashkil etish.
Qaror bilan viloyatda auksion savdolariga chiqariladigan noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa’ri uchastkalari hamda geologik-qidiruv ishlarini amalga oshirish uchun taklif etilayotgan istiqbolli yer qa’ri uchastkalari ro‘yxati, shuningdek, 2022-2023-yillarda qurilish materiallari ishlab chiqarish yo‘nalishida amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarining va qurilish materiallari ishlab chiqarish yo‘nalishida amalga oshirilishi taklif etilayotgan istiqbolli investitsiya loyihalarining ro‘yxati tasdiqlangan.
Mavzuga oid
15:44
Qurilish materiallari tarmog‘ida kreditini to‘lolmayotgan korxonalar uchun 50 mln dollar ajratiladi
12:53
Prezident: Energiya tejamkor qurilish materiallariga o‘tish vaqti keldi
12:51 / 24.11.2025
Yo‘llarda chang va chiqindilarga qarshi: ochiq yuk platformalarini yopish talab etilyapti
14:50 / 21.02.2024