Samarqand şahrining Qorasuv massivida qad rostlayotgan maktab qurilişida quruvçi taşkilot loyihadan çetlaşib, arzon materialdan foydalangan. Bu haqda viloyat quriliş va uy-joy kommunal nazorati inspeksiyasi xabar bermoqda.
Ma’lum qilinişiça, “Temir qalqon” MÇJ tomonidan qurilayotgan maktabning faollar zali va sport zaliga loyihada gazoblokdan foydalaniş közda tutilgan bölsa-da, taşkilot boşqa arzon materiallardan foydalangan.
Devorlarga terilgan gazobloklar ham standartga mos kelmaydigan darajada sifatsiz terilgan. Maktab binosiga örnatilgan eşik va derazalar ham sifatsiz tarzda örnatilgan.
Bundan taşqari, quriliş obektida texnika xavfsizligi qoidalariga umuman amal qilinmagan.
Aniqlangan kamçiliklar inspeksiya tomonidan nazoratga olinib, MÇJ mas’ullariga ularni bartaraf etiş böyiça körsatmalar berilgan. Loyihadan çetga çiqib, devorlarga terilgan beton bloklar buzdirilgan.

















