Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijon viloyatidagi ikki tumanga yangi hokimlar tayinlanadi
Bugun, 18 fevral kuni Andijon viloyatining Paxtaobod va Xo‘jaobod tumanlariga yangi hokim tayinlanadi.
Xo‘jaobod tumani faollar zalida viloyat hokimi ishtirokida o‘tkazilishi belgilangan Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasiga tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Unda tashkiliy masala ko‘riladi.
Shu vaqtgacha viloyat hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida faoliyat olib borayotgan O‘tkirbek Ilhomovich Shukurov Xo‘jaobod tumani hokimi sifatida ish boshlaydi.
U 2020 yil 9 sentyabrdan buyon tuman hokimi sifatida faoliyat olib borayotgan Zohidjon Zokirjonovich Ahmadaliyev o‘rnini egallaydi. Z.Ahmadaliyevning yangi ish joyi haqida ma’lumot berilmagan.
Shuningdek, Paxtaobod tumanida ham yangi hokim ish boshlaydi. Ushbu lavozimga shu kunga qadar viloyat markaziy bank boshlig‘i bo‘lib ishlayotgan Elyorbek To‘lqinovich Usmonov tayinlanadi.
U 2018 yildan buyon ushbu lavozimda ishlayotgan Mahmudjon Tursunovich Bozorov o‘rnini egallaydi.
Mavzuga oid
12:21 / 22.12.2025
Andijonda bozor rastasi quladi (video)
18:19 / 08.07.2025
Andijonda xizmat vaqtida pichoqlanib vafot etgan profilaktika inspektori «Jasorat» medali bilan taqdirlandi
09:00 / 04.07.2025
Xo‘jaobodda profilaktika inspektorini pichoqlab o‘ldirgan shaxs ushlandi
20:39 / 02.07.2025