O‘zbekiston | 08:01 / 19.02.2022
8517
2 daqiqa o‘qiladi

O‘n nafar sudya mas’uliyatsizligi va yo‘l qo‘ygan kamchiliklari uchun jazolandi

Sudyalar oliy kengashi matbuot xizmatining xabar berishicha, mas’uliyatsizligi va faoliyatida yo‘l qo‘ygan kamchiliklari uchun turli viloyatlarda faoliyat olib borayotgan o‘n nafar sudya intizomiy jazoga tortilgan.

Jumladan:

  • Surxondaryo viloyat sudining fuqarolik ishlari bo‘yicha sudyasi Z. Mavlonov;
  • Surxondaryo viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Termiz tumanlararo sudining raisi J. Nafasov;
  • Surxondaryo viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Sherobod tumanlararo sudining raisi Z. Xo‘jamurotov;
  • Samarqand viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Urgut tumanlararo sudining raisi T. Rustamov;
  • Toshkent viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Ohangaron tumanlararo sudining raisi O. Barakayev;
  • Jizzax viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Paxtakor tuman sudining raisi T. Hakimov;
  • Jizzax viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Do‘stlik tumanlararo sudining raisi B. Kazakov;
  • Jizzax viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Do‘stlik tumanlararo sudining sudyasi F. Ibodullayev;
  • Navoiy viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Karmana tumanlararo sudining sudyasi B. Kutliyev;
  • Andijon viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Andijon tumanlararo sudining sudyasi M. Komilova intizomiy jazoga tortilgan.

Avvalroq, Qashqadaryo va Toshkent viloyatlarida faoliyat yurituvchi bir qator sudyalar mas’uliyatsizligi va faoliyatida yo‘l qo‘ygan kamchiliklari uchun intizomiy jazoga tortilgandi.

Mavzuga oid