Sudyalar oliy kengashi matbuot xizmatining xabar berishicha, mas’uliyatsizligi va yo‘l qo‘ygan kamchiliklari uchun Qashqadaryo va Toshkent viloyatlarining bir qator sudyalari intizomiy jazoga tortilgan.
Jumladan:
— Qashqadaryo viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Koson tumanlararo sudining sudyasi E.Eshonboboyev;
— Qashqadaryo viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Yakkabog‘ tumanlararo sudining sudyasi L.Abdullayev;
— Qashqadaryo viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Chiroqchi tuman sudining raisi R.Zairov;
— Qashqadaryo viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Qarshi tumanlararo sudining sudyasi L.Mahammadiyeva;
— Toshkent viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Angren shahar sudining raisi T.Haydarov intizomiy jazoga tortilgan.
Avvalroq, Andijon viloyat sudining raisi va viloyat ma’muriy sudining raisi intizomiy javobgarlikka tortilgandi.









