Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonga yanvarda 3 ta davlatdan 122 ta elektromobil import qilindi
O‘zbekiston yanvar oyida 122 ta elektromobil import qildi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar bermoqda.
Foto: EPA
Qo‘mitaning dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yilning yanvar oyida O‘zbekiston 3 ta xorijiy davlatdan qiymati 3,1 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 122 ta elektromobil import qilgan.
Qayd etilishicha, elektromobil importi 2021 yilning mos davriga nisbatan 70 taga oshgan.
Yanvar oyida O‘zbekiston quyidagi davlatlardan elektromobillarni import qilgan:
- Xitoy – 119 ta;
- Estoniya – 2 ta;
- Germaniya – 1 ta.
Avvalroq, O‘zbekistonda Volkswagen elektromobillarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilishi mumkin ekani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
14:22 / 20.01.2026
Statistika qo‘mitasi: pul o‘tkazish xizmatlari 8,7 foizga oshgan
12:10 / 20.01.2026
Shokolad mahsulotlari eksporti qariyb 30 foizga oshdi
10:32 / 20.01.2026
O‘zbekiston limon eksportini oshirdi: asosiy xaridorlar Qozog‘iston va Rossiya
10:16 / 20.01.2026