Energetika vazirligi matbuot xizmati xabariga köra, Özbekistonda elektromobillar işlab çiqariş kabi yönalişning rivojlanişi “Folksvagen Grup Rus” MÇJda katta qiziqiş uyğotdi. 

“Hozirgi vaqtda Özbekistonda elektromobillar olib kirişda aksiz soliği va bojxona tölovlari olinmaydi. Bir qator yoqilği quyiş şoxobçalari negizida elektromobillarga yoqilği quyiş şoxobçalari faoliyat körsatmoqda va bu yönalişda xususiy tadbirkorlik sub’yektlari rivojlanib borayotgani qayd etildi”, deyiladi xabarda.

Foto: Energetika vazirligi matbuot xizmati

Xorijiy delegatsiya a’zolari Özbekistonda 2030 yilga borib umumiy energetika balansidagi uluşi kamida 25 foizni taşkil etişi rejalaştirilgan qayta tiklanuvçi energiya manbalarini rivojlantiriş böyiça olib borilayotgan işlar bilan ham tanişdi. 

Foto: Energetika vazirligi matbuot xizmati

Qayd etilişiça, bu yönalişda 2021 yilda 100 MVt quvvatga ega birinçi quyoş fotoelektr stansiyasi işga tuşirildi, ikkinçisi esa 2022 yilning mart oyida foydalanişga topşirilişi kutilmoqda. 2024 yilda umumiy quvvati 2,2 GVt bölgan qayta tiklanuvçi energiya manbalari obektlarini, şuningdek, quvvati 326 MVt bölgan GESlarni işga tuşiriş rejalaştirilgan.