Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent aylanma yo‘li bo‘yida «boks strit» quriladi
Joriy yilning 18 fevral kuni Shavkat Mirziyoyev Toshkent aylanma yo‘li bo‘yida “boks strit” qurish loyihasi bilan tanishdi.
Prezident matbuot xizmatiga ko‘ra, yo‘l bo‘yida tashkil etiladigan bunday majmualar dunyo tajribasida bor. Unda kecha-yu kunduz ishlaydigan savdo, ovqatlanish va maishiy xizmat shoxobchalari bo‘ladi. Ularni arzon va tez qurish maqsadida yuk konteynerlaridan foydalanilmoqda.
Buning uchun 7 gektar yer ajratilishi rejalashtirilgan. Obektlar tadbirkorlarga elektron-onlayn auksion orqali sotiladi. Ularda 500 dan ortiq ish o‘rni yaratilishi mo‘ljallangan.

Prezident Toshkent shahrida harakatlanayotgan elektrobusni ham ko‘zdan kechirdi. “Yashil” transport tizimini rivojlantirish, metropolitenning keyingi bosqichlari va tramvay yo‘nalishini belgilash bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.
Avvalroq, Shavkat Mirziyoyev metro qurilishi Mustaqillik bayramigacha yakunlanishi mumkinligini ma’lum qilgandi.
Mavzuga oid
20:06 / 10.06.2026
Prezident huzurida Islom sivilizatsiyasi markazining faoliyati va rejalari ko‘rib chiqildi
16:55 / 09.06.2026
Biznes-ombudsman Toshkentdagi reklamalarni buzishda qonuniy yo‘l tutishga chaqirdi
10:25 / 09.06.2026
Toshkentda eng ko‘p aholi savdo sohasida band
11:40 / 08.06.2026