“Bir paytlar Sergelini ikkiga bölib, Yangihayot tumanini tuzganimizda, “Yangihayotda hayot bölarmikin?” degan şubhalar bölgandi. Lekin 300 mingdan ortiq aholini boşqariş, farovonligini ta’minlaş uçun bu çora zarur edi. Hozir bu tumanda köplab iş örinlari yaratilmoqda.
Mana, Sergeliga metro keldi. Umuman, metro qurilişini Mustaqillik bayramigaça yakunlaş niyatidamiz. Bizda bunday quriliş tizimi yöqolib ketgandi, demak bu soha ham biz uçun yangilik.
Men Samarqandda aytgandim – Toşkentda tramvay faoliyatini tiklaymiz. Xavfsiz, arzon transportni yölga qöyamiz. Lekin yetti ölçab bir kesamiz, qaysi marşrutlarda yölga qöyişni qayta-qayta örganamiz.
Bu tumandagi 30 ta mahallaga 60 ta qöşimça kuç olib keldik. Endi bu qarorlar natijasida odamlar nima manfaat köradi – mana şu savollarga javob topişimiz kerak. Xudo xohlasa 1-2 yil ötadi, xalqimizning özi bunga baho beradi. Çunki yakka-yu yagona yölimiz şu”, – deya prezident sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

















