Jahon | 09:10 / 21.02.2022
7618
2 daqiqa o‘qiladi

AQSh elchixonasi o‘z fuqarolarini Rossiyadagi teraktlar xavfi haqida ogohlantirdi

Diplomatik vakolatxona amerikaliklarga xalqaro ommaviy axborot vositalaridagi yangiliklarni kuzatishni, odamlar gavjum joylarga bormaslikni, do‘stlari va oila a’zolarini xavfsiz holatda ekani haqida xabardor qilishni, begonalar bilan aloqaga kirmaslikni tavsiya etdi.

Foto: Natalya Seliverstova / RIA «Novosti»

AQShning Moskvadagi elchixonasi diplomatik vakolatxona saytida Qo‘shma Shtatlar fuqarolari uchun Moskva va Sankt-Peterburgdagi jamoat joylarida, shuningdek, Rossiya va Ukraina chegarasidagi hududlarda terrorchilik hujumlari sodir etilishi ehtimoli haqida ogohlantirish e’lon qildi.

«OAV ma’lumotlariga ko‘ra, yirik shaharlarda, jumladan, Moskva va Sankt-Peterburgdagi savdo markazlari, temiryo‘l va metro bekatlari hamda odamlar gavjum bo‘lgan boshqa joylarda, Rossiyaning Ukraina bilan chegarasi bo‘ylab joylashgan hududlarida hujumlar xavfi bor», — deyiladi matnda. 

Shu bilan birga, elchixona Rossiyada teraktlar sodir etilishi ehtimoli haqida xulosalar chiqarilgan aniq xabarlarga havola bermagan.

Diplomatik vakolatxona amerikaliklarga xalqaro ommaviy axborot vositalaridagi yangiliklarni kuzatishni, odamlar gavjum joylarga bormaslikni, do‘stlari va oila a’zolarini xavfsiz holatda ekani haqida xabardor qilishni, begonalar bilan aloqaga kirmaslikni, «turistik joylar va g‘arbdan kelganlar tashrif buyuradigan yerlarda ehtiyot bo‘lishni» tavsiya qildi. 

Elchixona, shuningdek, amerikaliklarga «AQSh hukumati yordamini nazarda tutmaydigan» evakuatsiya rejasini tayyorlashni tavsiya etdi. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid