Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bayden milliy xavfsizlik kengashi yig‘ilishini chaqirdi
Yig‘ilish Ukraina janubi-sharqidagi vaziyat keskinlashgani bois chaqirilgan.
Foto: AFP/Getty Images
AQSh prezidenti Jo Bayden mamlakat milliy xavfsizlik kengashi yig‘ilishini o‘tkazadi. Bu haqda Oq uy saytida ma’lum qilindi.
Xabarda aytilishicha, yig‘ilish Ukraina janubi-sharqidagi vaziyat keskinlashgani bois chaqirilgan.
«Bayden Ukraina chegaralarida Rossiya harbiy kuchlari oshirilishi sababli oxirgi voqealarni muhokama qilish uchun milliy xavfsizlik kengashi yig‘ilishini chaqirdi», — deyiladi Oq uy xabarida.
Avvalroq Pentagon vakili Jon Kirbi Rossiya Ukrainaga istalgan vaqtda, jumladan "yaqin soatlarda" hujum qilishi mumkinligini aytgandi.
21 fevral kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin Xavfsizlik kengashining rejadan tashqari yig‘ilishini o‘tkazdi.
Mavzuga oid
10:19 / 09.05.2026
AQSh Venesueladan boyitilgan uran zaxiralarini olib chiqdi
07:43 / 09.05.2026
Tramp Rossiya va Ukraina o‘rtasida uch kunlik sulhni e’lon qildi
21:36 / 08.05.2026
Pentagon NUJ haqidagi hujjatlarning birinchi qismini e’lon qildi
11:29 / 08.05.2026