Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘onada ikkita “Nexia 3” mashinalari to‘qnashdi
Yo‘l-transport hodisasi oqibatida yo‘lovchilardan biri tan jarohati olib, shifoxonaga murojaat qilgan. Bu haqda Farg‘ona viloyati YHXB axborot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, 20 fevral kuni soat 23:30 larda, Farg‘ona shahri Quvasoy ko‘chasida 2000 yilda tug‘ilgan Yu.R. ”Nexia 3” rusumli avtomobilini boshqarib ketayotib, boshqaruvni yo‘qotib, yo‘lni ajratuvchi beton to‘siqdan o‘tib, qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan, 1998 yilda tug‘ilgan K.X. boshqaruvidagi ”Nexia 3” rusumli avtomobil bilan to‘qnashuv sodir etgan. Oqibatda K.X. boshqaruvidagi ”Nexia 3” rusumli avtomobil yo‘lovchisi, 1993 yilda tug‘ilgan D.S. “Chap son suyagi yopiq sinishi” tashxisi bilan tan jarohati olib, shifoxonaga murojaat qilgan.
Hozirda holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
13:57
«Andijon polkasi» tadbiriga ketayotgan o‘quvchilar YTHga uchradi
18:50 / 24.06.2026
Avtomobil tezligini avtomatik cheklaydigan tizim sinovlardan o‘tolmadi
20:30 / 23.06.2026
Haydovchiga sug‘urta tovoni uchun aybdor tomon sug‘urtalovchisiga murojaat qilish imkoniyati berildi
19:59 / 23.06.2026