Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saakashvili yana ochlik e’lon qildi
Mixail Saakashvili 20 noyabr kuni Gori shahridagi harbiy hospitalga ko‘chirilganidan so‘ng ochlikni to‘xtatgandi.
Gruziya sobiq prezidenti Mixail Saakashvili ochlik e’lon qildi.
"Hokimiyatning menga va xalqimga nisbatan munosabatiga norozilik sifatida bugundan boshlab muddatsiz ochlik e’lon qilaman. Sog‘ligim ikkinchi darajali, asosiysi – xalqim taqdiri", - dedi Saakashvili sudda.
Saakashvili Gruziyaga 2021 yil 29 sentyabrda kelgandi. U 1 oktyabr kuni qo‘lga olingan va Rustavi shahridagi qamoqxonaga jo‘natilgan.
Saakashvili qamoqqa olinganidan so‘ng ochlik e’lon qilgan, 8 noyabrda Tbilisidagi qamoqxona shifoxonasiga yotqizilgandi. U 20 noyabr kuni Gori shahridagi harbiy hospitalga ko‘chirilganidan so‘ng ochlikni to‘xtatgandi.
Siyosatchi bir nechta jinoyat ishlarida ayblanmoqda. Saakashvili hibsga olinishini noqonuniy, ayblovlarni esa soxtalashtirilgan deb hisoblaydi.
Mavzuga oid
14:29 / 03.05.2026
Xalqaro qidiruvdagi shaxs Gruziyadan O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi
23:19 / 13.11.2025
Saakashvili 2022 yildan beri yashagan klinikadan qamoqqa qaytarildi
08:52 / 13.11.2025
Mixail Saakashvili kasalxonadan yana qamoqqa qaytarildi
23:41 / 29.09.2025