Abdulla Qodiriy metro bekatida poyezd to‘xtab qoldi
Bugun, soat 13:37da Toshkent metropolitenining Yunusobod yo‘nalishi Abdulla Qodiriy bekatiga yetib kelgan poyezd to‘xtab qoldi. Voqea joyida bo‘lgan Kun.uz muxbirining xabar berishicha, vagonlarda bo‘lgan taxminan 200 nafar yo‘lovchi bekatga tushirilgan.
Poyezdning to‘xtab qolish sabablari ma’lum emas. Taxminan yarim soatlardan keyin boshqa poyezd kelib yo‘lovchilarni olib ketgan.
Hozircha Toshkent metropoliteni holatga munosabat bildirmadi.
Bu – metro to‘xtab qolishi bilan bog‘liq 2022 yil fevral oyidagi kamida uchinchi hodisa. Avvalroq, 6 fevral kuni Mustaqillik maydoni bekatida harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida metro harakat tarkibining texnik moslamalari tekshirilgunga qadar to‘xtab turgan edi.
Shuningdek, 5 fevral oqshomida ham Toshkent metrosi poyezdi “Xalqlar do‘stligi” va “Milliy bog‘” bekatlari oralig‘ida to‘xtab qolgandi.
Mavzuga oid
14:30 / 05.10.2024
Toshkentning ikki tumanida giyohvandlik moddasi saqlab kelganlar ushlandi
00:09 / 01.10.2024
Agrar universitetdagi yong‘in o‘chirildi
09:30 / 30.09.2024
Toshkentda o‘zini bank xodimi deb tanishtirib, o‘zganing 15 mln so‘mini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi
12:20 / 28.09.2024