Zoyir Mirzayev: Mo‘ynoqqa Toshkent viloyatidan 32 mlrd so‘m ajratiladi
Mo‘ynoq tumaniga biriktirilgan Toshkent viloyati hokimi o‘z taqdimotini o‘tkazdi va qiziqarli raqamlarni keltirib o‘tdi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.

Foto: Toshkent viloyati hokimligi
“Mo‘ynoqning 12 ta mahallasiga Toshkent viloyati 12 ta tumani hokimlari va 40 nafar yetakchi tadbirkorlarimiz yetib kelib, 3 kun shu yerda ishladi. Tuman bilan tanishganimizda - jami budjet daromadi 16,6 mlrd, xarajati esa 92 mlrd. Ya’ni tuman dotatsiyada.
Toshkent viloyatidan kecha 5 mlrd o‘tkazib berdik. Bu mablag‘ning bir qismiga 4 ta hammom quramiz. Tumandagi 236 kishi chetdan qaytib keldi, 293 kishi chetda. Maktabgacha ta’lim ko‘rsatkichi yaxshi – 91 foiz, faqat ikkita mahallada bog‘cha yo‘q, buni o‘zimiz qurib beramiz.
Mo‘ynoqda Toshkent istirohat bog‘ini barpo qilamiz, 5 mingta ko‘chatimiz tez orada yetib keladi. 18 km suv quvurini bir tadbirkorimiz zimmasiga oldi. Umuman, Mo‘ynoqqa Toshkent viloyatidan 32 mlrd so‘m mablag‘ ajratiladi.
Tibbiyot bilan tanishganimizda 37 foiz vrach vakant, bu 46 foiz, ya’ni yarmi bo‘sh ekan. Har oy 20 nafar keksalarni Toshkent viloyatiga olib borib, sanatoriyda davolatamiz. 100 nafar o‘quvchilarni oromgohlarimizga olib ketamiz. 24 nafar bemorni viloyatimizga olib ketib, operatsiya qildiramiz”, – deya Zoyir Mirzayev so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Prezident bunga javoban shunday dedi: “Tibbiyot masalasi eng muhim. Bu borada alohida taklif beringlar, qaror tayyorlaymiz. Shifokorlar boshqa hududdan Qoraqalpog‘istonga kelib ishlasa 100 foiz, Mo‘ynoqqa kelib ishlasa ikki hissa ustama beramiz. Uy qilib beramiz. Chunki sog‘likka e’tibor bermasak, sog‘lom zurriyotga ega bo‘lmaymiz”.
Tavsiya etamiz
Putin AQSh va Ukrainaning 30 kunlik otashkesim taklifiga rozi bo‘ldi
Jahon | 23:00 / 13.03.2025
«Credit House» ishi: Minglab odamlar uysiz va pulsiz qolyapti
O‘zbekiston | 12:30 / 13.03.2025
Qamoqqa olinmagan gumonlanuvchilarning O‘zbekistondan chet elga chiqishi vaqtincha cheklanishi mumkin
O‘zbekiston | 19:08 / 12.03.2025
Avstraliyalik erkak sun’iy yurak bilan 100 kun yashab, rekord o‘rnatdi
Jahon | 14:35 / 12.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Qashqadaryoda bosqinchilik bilan shug‘ullanib kelgan jinoiy guruh a’zolari qo‘lga olindi
Jamiyat | 23:40 / 14.03.2025
-
Kanadaning yangi bosh vaziri qasamyod keltirdi
Jahon | 23:29 / 14.03.2025
-
Ozoda Nursaidova klipi jarayonida avariya bo‘lgan aktrisa Turkiyada operatsiya qilinadi - voqea tafsilotlari
Jamiyat | 23:03 / 14.03.2025
-
Putin: Rossiya Trampning iltimosiga binoan Kursk oblastidagi ukrainalik harbiylarining hayotini saqlab qolishga tayyor
Jahon | 22:56 / 14.03.2025
Mavzuga oid

20:01 / 10.01.2025
16 yillik rekord: eng ko‘p ishonch bildirilgan hokimlar

11:53 / 06.11.2024
Zoyir Mirzayev Toshkent viloyati hokimi lavozimiga tasdiqlandi

22:35 / 16.10.2024
Toshkent viloyatiga mingta yangi avtobus xarid qilinadi

17:10 / 30.04.2024