O‘zbekiston | 07:35 / 25.02.2022
4681
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkent metrosi texnik nosozliklar haqida ma’lum qilib, eslatma bilan chiqdi

Shu kunlarda Toshkent metropolitenida harakatlanayotgan poyezd eshiklari ochilib yopilishida texnik nosozliklar kuzatilib, yo‘lovchilar uchun bir qancha noqulayliklarni yuzaga keltirmoqda. 

Foto: Kun.uz

«Toshkent metropoliteni» DUK metrodan foydalanuvchi yo‘lovchilar xavfsizligini ta’minlash, eshikka tushayotgan yuklamalarni oshirmaslik, yo‘lovchilarga noqulayliklar tug‘dirmaslik maqsadida, poyezd vagonlarining eshiklariga suyanmaslikni, eshiklar ochilishi va yopilishiga xalaqit bermaslikni so‘ragan.

Bundan tashqari, eskalatordan foydalanish vaqtida mavjud qoidalarga amal qilish va to‘g‘ri foydalanish lozimligi eslatib o‘tilgan.

“Metropolitenda tartib-qoidaga amal qilmaslik hamda noto‘g‘ri harakatlanish vagon eshiklari va eskalatorlarda nosozliklarning kelib chiqishi, muddatidan oldin yaroqsiz holga kelib, harakat vaqtida turli holatlar yuz berishiga sabab bo‘lmoqda.

Metrodan to‘g‘ri foydalanish siz va boshqa yo‘lovchilarning o‘z manziliga xavfsiz, qulay tarzda, o‘z vaqtida yetib borishiga zamin yaratadi. Barcha yo‘lovchilarni ogohlik va ehtiyotkorlikka chaqiramiz”, deyiladi eslatmada.

Mavzuga oid