Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasida tranzit savdosi to‘g‘risidagi bitim tasdiqlandi
“Xalqaro shartnomani tasdiqlash to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, O‘zbekiston hamda Pokiston hukumatlari o‘rtasida tranzit savdosi to‘g‘risidagi bitim (2021 yil 15 iyulda Toshkent shahrida imzolangan) tasdiqlandi.
Investitsiya va tashqi savdo vazirligi, Transport vazirligi va Davlat bojxona qo‘mitasi ushbu xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun mas’ul vakolatli organlar etib belgilandi.
Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari mazkur xalqaro shartnoma kuchga kirgandan keyin O‘zbekistonning majburiyatlari bajarilishini ta’minlaydi.
Joriy yilning 21 fevral kuni O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umrzoqov Islomobodda Pokiston bosh vazirining savdo va investitsiyalar bo‘yicha maslahatchisi Abdul Razzoq Dovud bilan uchrashgandi.
Uchrashuvda o‘zaro savdo hajmining o‘sishi va diversifikatsiyasining ijobiy dinamikasi qayd etildi. 2021 yilda pandemiya salbiy oqibatlariga qaramay, O‘zbekiston-Pokiston o‘zaro savdo hajmi qariyb 50 foizga oshdi. Asbob-uskunalar, oziq-ovqat, kimyo, to‘qimachilik va farmatsevtika sanoati, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan savdo qilishda sezilarli natijalarga erishildi.
Mavzuga oid
09:10 / 25.03.2026
Pokiston Eron bo‘yicha muzokaralar uchun maydon taklif qildi
18:39 / 20.03.2026
Shavkat Mirziyoyev Shahboz Sharif bilan muloqot qildi
00:32 / 19.03.2026
Afg‘oniston va Pokiston Ramazon hayiti munosabati bilan o‘zaro janglarni vaqtincha to‘xtatdi
15:11 / 18.03.2026