Jahon | 16:57 / 27.02.2022
16608
2 daqiqa o‘qiladi

Finlandiya parlamenti mamlakatning NATOga kirishini muhokama qiladi

Finlandiya parlamenti mamlakatning NATOga kirishi masalasini muhokama qilishga majbur. Bu borada e’lon qilingan petitsiya kerakli imzoni to‘plab bo‘ldi.

Foto: Johanna Geron / Reuters

Finlandiya milliy tashabbuslar portalida 21 fevral kuni mamlakatning NATOga kirishi borasida petitsiya e’lon qilindi. 27 fevralga borib petitsiya 58 ming imzo to‘plashga ulgurdi. Mahalliy qonunchilikka ko‘ra, 50 ming imzo to‘plagan petitsiya parlament muhokamasiga qo‘yilishi kerak.

Petitsiya mualliflarining yozishicha, Finlandiyaning NATOga kirishi mamlakatni tashqi xavfdan himoya qiladi. Shuningdek, boshqa davlatning harbiy-texnik ta’siri xavfini kamaytiradi. Rossiya Ukrainaga bostirib kirganiga qadar ushbu petitsiya atigi 4 ming imzo to‘plagandi. Rossiya harbiy amaliyotni boshlagach, petitsiyani yoppasiga imzolay boshlashdi.

«Rossiya Ukrainaga qarshi urush boshlagach, NATOga kirish masalasi yana aktualga aylandi. Rossiya Finlandiyaga tahdid qilishga ham ulgurdi. Aftidan Rossiya faqat alyansning 5-moddasini kafolatlovchi global mojarodangina qo‘rqadi», deb yozgan petitsiya ijodkorlari Rossiya Ukrainaga kirganiden keyin. NATO kelishuvining 5-moddasiga ko‘ra, alyansning biror a’zosiga hujum qilinsa, qolgan a’zolar ham qurolli yordam berishi ta’kidlangan.

Finlandiyada NATOga kirish masalasi anchadan buyon muhokama qilinadi. Aksar finlar mamlakatning harbiy bloklardan holi ekani tinchlik kafolati bo‘lib xizmat qiladi. Skandinaviyaning yana bir davlati Shvetsiya ham NATOga kirmaydi. Shunday bo‘lsa-da, bu ikki davlat alyans bilan yaqin munosabatda.

Ўткир Жалолхонов
Tayyorlagan Ўткир Жалолхонов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid