Sport | 22:29 / 28.02.2022
19353
1 daqiqa o‘qiladi

XOQ Rossiya va Belarus sportchilarini xalqaro turnirlarga chaqirmaslikni so‘radi

Foto: Reuters

Xalqaro Olimpiya Qo‘mitasi ijroqo‘mi barcha sport federatsiyalari va sport musobaqalari tashkilotchilariga rossiyalik va belaruslik sportchilar hamda rasmiylarni xalqaro turnirlardagi ishtirokiga ruxsat bermaslikni tavsiya qildi.

«Yirik turnirlarning haqqoniy o‘tishi va xavfsizlikni ta’minlash maqsadida Xalqaro Olimpiya Qo‘mitasi sport assotsiatsiyalari va katta turnirlar tashkilotchilaridan Rossiya va Belarus nomidan ishtirok etadigan sportchilar hamda rasmiylarni musobaqalarga taklif etmaslik, ularni ishtirokiga ruxsat bermaslikni tavsiya etdi. Rossiya yoki belaruslik sportchilar hamda rasmiylar faqatgina neyral sportchi yoki neytral jamoa sifatida ro‘yxatdan o‘tgan taqdirda, ularning ishtirokiga ruxsat beriladi», - deyiladi XOQ rasmiy xabarida.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya milliy jamoalari so‘nggi Olimpiya o‘yinlarida Rossiya sport qo‘mitasi sifatida qatnashgandilar.

Усмон Ибодов
Tayyorlagan Усмон Ибодов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid