Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qodirov Ukrainadagi janglarda halok bo‘lgan dastlabki chechenlar haqida ma’lum qildi
Uning ma’lumot berishicha, ikki nafar chechen askari halok bo‘lgan, olti nafar askar turli darajada tan jarohati olgan.
Rossiyaning Ukrainadagi maxsus operatsiyasi davomida chechen harbiylari orasida dastlabki yo‘qotishlar bor. Bu haqda Checheniston rahbari Ramzan Qodirov o‘z Telegram-kanalida ma’lum qildi.
Uning yozishicha, ikki nafar chechen askari halok bo‘lgan. Shuningdek, olti nafar askar turli darajada tan jarohati olgan.
«Ha, urushda o‘ldirishadi va bu ularning kasb tanlovi edi. Bu yigitlar mamlakat xavfsizligi uchun jonini qurbon qilib qahramon bo‘lishni tanlashgan. Ularga Ukraina fuqarolari orasidagi yo‘qotishlarni kamaytirish buyurilgandi va ular bu buyruqni bajarishdi...», - deb yozdi Qodirov.
Qodirov shuningdek, Ukraina fuqarolarini «o‘z mamlakatlarining egasiga aylanishga» va «Yevropa targ‘ibotchilari tarafdorlariga qarshi kurashish»ga chaqirdi.
Rossiya 24 fevral kuni Ukrainada maxsus amaliyot boshlashini e’lon qildi. Rossiya va Ukraina harbiylari o‘rtasidagi to‘qnashuvlar davom etmoqda.
Mavzuga oid
10:02 / 13.06.2026
Ukraina armiyasida keng ko‘lamli islohotlar boshlandi
23:16 / 12.06.2026
Yevropa Ittifoqi Ukraina va Moldova a’zoligi bo‘yicha muzokaralarni boshlaydi
17:21 / 12.06.2026
Rossiya–Ukraina urushida front chizig‘i: tashabbus kim tomonda?
16:47 / 10.06.2026