O‘zbekiston | 20:59 / 03.03.2022
5891
2 daqiqa o‘qiladi

Moldovaga o‘tgan o‘zbekistonliklar keyinroq qaytariladi - TIV

TIV rasmiy vakili Ukrainadan Moldovaga o‘tgan 200ga yaqin o‘zbekistonliklarni vatanga qaytarish masalasi keyinroq ishlab chiqilishini ma’lum qildi.

Zuzana Gogova / Getty Images

Ukrainadan Moldovaga o‘tgan o‘zbekistonliklar vatanga qaytarilishi hozircha rejalashtirilmagan. Bu haqda O‘zbekiston TIV rasmiysi Yusuf Qobuljonov Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha OAVning savollariga bergan javobida ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, Ukrainaning Moldova bilan chegaradosh joylarida yashovchi 200 ga yaqin o‘zbekistonlik boshpana izlab, Moldova hududiga o‘tgan. Mamlakat insonparvarlik nuqtai nazaridan, fuqaroligidan qat’i nazar, o‘z hududiga kirayotgan barcha shaxslarni tashish, joylashtirish, ovqatlantirish va boshqa zarur masalalarda ko‘mak bermoqda.

O‘zbekistonning Ukrainadagi elchixonasi tomonidan Moldovada bo‘lib turgan vatandoshlar masalalarini muvofiqlashtirish va hal qilish maqsadida ko‘ngillilar guruhi shakllantirilgan. Moldovada bo‘lib turgan o‘zbekistonliklarning keyinchalik vataniga evakuatsiya qilinishini tashkil etish uchun ularning ro‘yxati va ma’lumotlar bazasi shakllantirilmoqda.

«Hozirgi paytda Polsha orqali evakuatsiya qilishning asosiy ustuvor ekanini inobatga olgan holda, fuqarolarimizni Moldovadan qaytarish masalasi keyinroq ishlab chiqiladi. Bundan tashqari, mazkur mamlakat havo hududi aviaqatnovlar uchun yopiqligicha qolmoqda», deyiladi xabarda.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid