O‘zbekiston | 07:46 / 04.03.2022
2716
3 daqiqa o‘qiladi

Suv xo‘jaligi obektlarini boshqarishga xususiy sektor jalb etiladi

Foto: Kun.uz

Prezidentning «Quyi bo‘g‘inda suv resurslarini boshqarishni takomillashtirish hamda suv iste’molchilari orasidagi munosabatlarni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.

Quyi bo‘g‘inda suv resurslarini boshqarishning ustuvor yo‘nalishlari sifatida quyidagilar belgilandi:

  • qishloq xo‘jaligi mahsuloti ishlab chiqaruvchilar va aholi tomorqalarini suv resurslari bilan ishonchli ta’minlash;
  • irrigatsiya tizimlari va sug‘orish tarmoqlarining hamda ulardagi gidrotexnika inshootlarini doimiy texnik soz holatda ushlab turish;
  • yirik qishloq xo‘jaligi mahsuloti ishlab chiqaruvchilarni o‘z hududida suvni boshqarish va taqsimlash ishlariga jalb qilish;
  • iqtisodiyot tarmoqlarini suv bilan ta’minlashga oid davlat funksiyalarini xususiy sektorga o‘tkazish bo‘yicha DXSh tamoyillarini keng joriy etish;
  • suvning hisobi va hisobotini inson omiliga minimal ravishda bog‘liq bo‘lgan avtomatlashtirilgan tizimlar orqali yuritish.
  • Hujjat bilan quyidagi tartiblar belgilandi:

qishloq xo‘jaligi yerlari o‘z hisobida mavjud bo‘lgan klasterlarga o‘zlariga tegishli maydonlardagi barcha suv xo‘jaligi obektlarini DXSh tamoyillari asosida boshqaruvga berish;

  • meva-sabzavotchilik hamda sholichilikka ixtisoslashgan tumanlar suv xo‘jaligi obektlari boshqaruviga DXSh tamoyillari asosida xususiy sektorni jalb qilish;
  • qishloq xo‘jaligi sug‘oriladigan yerlarida faoliyat ko‘rsatayotgan suv iste’molchilari va tuman irrigatsiya bo‘limlari o‘rtasida suv yetkazib berish va suv xo‘jaligi xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma tuzish.

Suv xo‘jaligi obektlari DXSh tamoyillari asosida berilganda, ularni o‘z boshqaruviga olgan xususiy korxonalar xizmat ko‘rsatish hududida:

  • mavjud bo‘lgan barcha suv xo‘jaligi obektlarini mustaqil boshqaradi;
  • dehqon xo‘jaliklari va aholi tomorqalarini belgilangan tartibda suv olish limiti doirasida suv bilan ta’minlaydi;
  • suv hisobi va hisobotining to‘liq yuritilishini ta’minlaydi hamda bu jarayonga avtomatlashtirilgan tizimlarni joriy qiladi;
  • xizmat ko‘rsatish hududidagi barcha suv xo‘jaligi obektlarining bosqichma-bosqich modernizatsiyasini ta’minlaydi.

Bunda, biriktirilgan hududdagi suv xo‘jaligi obektlarining ekspluatatsiya xarajatlari uchun davlat budjetida nazarda tutiladigan mablag‘larning bir qismi xususiy sherikka to‘lab beriladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid