Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ozarboyjon aviakompaniyalari Rossiyaga parvozlarni to‘xtatadi
Bildirilishicha, xalqaro parvozlarda to‘liq sug‘urta himoyasining mavjud emasligi fuqarolar, aviakompaniyalar va boshqa yuridik shaxslarga xavf tug‘diradi.
6 martdan boshlab Ozarboyjon aviakompaniyalari Rossiyaga parvozlarni to‘xtatadi. Bu haqda «Ozarboyjon havo yo‘llari» milliy aviakompaniyasi (AZAL) ma’lum qildi.
«Ertadan boshlab xalqaro parvozlarni amalga oshirishda yuzaga keladigan xatarlar sababli Rosaviatsiya tavsiyasiga muvofiq Rossiya aviakompaniyalarining Ozarboyjonga parvozlari noma’lum muddatga to‘xtatiladi. Bu o‘zgarish Ozarboyjon milliy aviatashuvchisiga ham taalluqli», — deyiladi xabarda.
Kompaniyaning bildirishicha, xalqaro parvozlarda to‘liq sug‘urta himoyasining mavjud emasligi «mamlakatlarimiz fuqarolari, aviakompaniyalari va boshqa yuridik shaxslariga xavf tug‘diradi».
«Yuqoridagilardan kelib chiqib, «Ozarboyjon havo yo‘llari» va Buta Airways 6 martdan boshlab Rossiya Federatsiyasining barcha shaharlariga parvozlarni vaqtinchalik to‘xtatadi», — deb ma’lum qilgan aviakompaniya.
Bekor qilingan reyslar yo‘lovchilari parvoz muddatini o‘zgartirishlari yoki chipta uchun to‘langan pullarini qaytarib olishlari mumkinligi aytilgan.
Mavzuga oid
16:23 / 11.06.2026
Armaniston hukumati geosiyosiy kursini o‘zgartirish uchun xalqdan mandat oldi - siyosatshunoslar
14:20 / 11.06.2026
Rossiyadan ketgan fuqarolarning mol-mulki xatlanishi mumkin
18:53 / 10.06.2026
Qozog‘iston Rossiya gazining O‘zbekistonga tranzitini oshirishga tayyorligini ma’lum qildi
08:45 / 09.06.2026