Jahon | 17:14 / 07.03.2022
9654
2 daqiqa o‘qiladi

Fransiya prezidentligiga bo‘lib o‘tadigan saylovda 12 nomzod qatnashadi

Prezident saylovi 12 aprel kuni o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Foto: Reuters

Fransiyada aprel oyida o‘tkazilishi rejalashtirilgan prezident saylovida qatnashadigan 12 nafar nomzod ro‘yxati tasdiqlandi. Bu haqda mamlakat konstitutsion kengashi raisi Loran Fabius ma’lum qildi.

"Saylovda ishtirok etish uchun dastlab jami 65 kishi xohish bildirdi. Biz saylovchi shaxslarning 500dan ortiq imzosini to‘plagan 12 kishini tanlab oldik", - dedi Fabius.

Saylovga amaldagi davlat rahbari Emmanuel Makron o‘z nomzodini qo‘ygan.

Undan tashqari, "Ishchilar kurashi" partiyasidan Natali Arto, "Yuksal, Fransiya" muxolif harakati vakili Nikolya Dyupon-Enyan, Parij meri Ann Idalgo, "Yevropa - Ekologiya - "Yashillar" partiyasidan Yannik Jado, "Qarshilik qilamiz!" partiyasi yetakchisi Jan Lassal, Il-de-Frans regioni rahbari, "Respublikachilar" partiyasi vakili Valeri Pekress, "Bo‘ysunmas Fransiya" harakatidan Jan-Lyuk Melanshon, Fransiya kommunistik partiyasidan Faben Russel, Bordo munitsipal maslahatchisi Filipp Putu, "Milliy birlashuv" partiyasi vakili Marin Le Pen va "Rekonkista" harakatidan Erik Zemmur saylovda ishtirok etadi.

Fransiyada prezident saylovi 12 aprelda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid