Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston Ukrainadan 4300 dan ortiq fuqaroni evakuatsiya qildi
2022 yilning 6-7 mart kunlari Ukrainadan Polshaning Katovitse aeroporti orqali 674 nafar O‘zbekiston fuqarosi, shu jumladan 109 nafar ayol, 57 nafar voyaga yetmagan shaxs va 12 nafar chaqaloq olib kelindi.
Tashqi ishlar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, 28 fevraldan 7 martga qadar 19 ta aviareys tashkillashtirildi hamda urush bo‘layotgan joylardan 4 359 nafar o‘zbekistonlik qaytarildi.
Qayd etilishicha, 7 mart kuni yana bitta reysni amalga oshirish rejalashtirilgan.
Polsha hududida mamlakatimizning 350 dan ortiq fuqarosi qolmoqda. Ulardan 80 nafari Polsha davlat chegarasidagi to‘planish nuqtasiga, qariyb 270 nafari esa Katovitse aeroportiga joylashtirilgan.
“O‘zbekistonning Ukrainadagi elchixonasi vatandoshlar bilan doimiy muloqot olib bormoqda. Diplomatlar Ukrainaning turli nuqtalarida, shu jumladan, jang harakatlari davom etayotgan hududlarda bo‘lib, fuqarolarimizni evakuatsiya qilish ishlarini amalga oshirmoqdalar”, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
10:02 / 13.06.2026
Ukraina armiyasida keng ko‘lamli islohotlar boshlandi
23:16 / 12.06.2026
Yevropa Ittifoqi Ukraina va Moldova a’zoligi bo‘yicha muzokaralarni boshlaydi
17:21 / 12.06.2026
Rossiya–Ukraina urushida front chizig‘i: tashabbus kim tomonda?
16:47 / 10.06.2026