Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonga un asosan Qozog‘istondan olib kirilmoqda
O‘zbekistonga yanvar oyida 26,8 ming tonna bug‘doy uni import qilingan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumot berdi.
Foto: Kun.uz
Qo‘mita xabariga ko‘ra, 2022 yilning yanvar oyida O‘zbekistonga qiymati 8,5 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 26,8 ming tonna bug‘doy uni import qilingan.
Qayd etilishicha, bug‘doy uni importi hajmi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,9 ming tonnaga oshgan.
2022 yilning yanvar oyida O‘zbekistonga eng ko‘p bug‘doy uni import qilingan davlatlar orasida Qozog‘iston yetakchilik qilmoqda – 26,6 ming tonna.
Ushbu ko‘rsatkich qolgan davlatlar kesimida quyidagicha ko‘rinish oldi:
- Rossiya – 152 tonna;
- AQSh – 50 tonna;
- Italiya – 4,2 tonna.
Bundan avval O‘zbekistonga import qilingan oziq-ovqat mahsulotlari qiymati ma’lum bo‘lgandi.
Mavzuga oid
14:18 / 02.01.2026
2025 yil yakunlari: 302 ming oila kambag‘allikdan chiqdi
12:39 / 02.01.2026
Tayyor ovqat yetkazib berish bozorida narxlar ko‘tarildi
11:03 / 02.01.2026
Ta’lim sohasida bozor xizmatlari o‘smoqda: hududlar kesimida ko‘rsatkichlar
09:34 / 02.01.2026