Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonga yanvarda import qilingan oziq-ovqat mahsulotlari qiymati ma’lum bo‘ldi
Oziq-ovqat importida yuqori ulushga ega bo‘lgan mahsulotlar qiymati ma’lum qilindi. Davlat statistika qo‘mitasi tegishli xabar bilan chiqdi.
Foto: Shutterstock
Qo‘mita ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonga 2022 yilning yanvar oyida import qilingan ayrim turdagi oziq-ovqat mahsulotlari qiymati quyidagicha:
- bug‘doy – 49,1 mln dollar;
- shakarqamish – 38,6 mln dollar;
- margarin mahsulotlari – 22,2 mln dollar;
- o‘simlik yog‘i – 11 mln dollar;
- qoramol go‘shti – 9,3 mln dollar;
- bug‘doy uni – 8,5 mln dollar;
- kartoshka – 7,8 mln dollar;
- banan – 6,3 mln dollar;
- kakao va shokolad – 5,3 mln dollar;
- choy – 4,2 mln dollar;
- parranda go‘shti – 3,8 mln dollar;
- sut mahsulotlari – 3,7 mln dollar;
- mandarin – 3,6 mln dollar;
- arpa – 2,6 mln dollar;
- makkajo‘xori – 2,5 mln dollar.
2022 yilning yanvar oyida 82 mamlakatdan oziq-ovqat mahsulotlari importi amalga oshirilgan bo‘lsa, 2021 yilda 78 mamlakatdan oziq-ovqat tovarlari importi amalga oshirilgan.
O‘zbekistonga oziq-ovqat mahsulotlari importi asosan Qozog‘iston (35,2 foiz), Rossiya (22,3 foiz), Braziliya (17,4 foiz), Belarus (3,7 foiz) va Pokiston (2,7 foiz) kabi davlatlar hissasiga to‘g‘ri keldi.
Mavzuga oid
09:23 / 26.03.2026
2025 yilda eng ko‘p xonadon Namanganda foydalanishga topshirildi
09:16 / 25.03.2026
O‘zbekistonda tibbiyot sohasida eng ko‘p korxona qaysi davlatlarga tegishli?
11:32 / 24.03.2026
O‘zbekiston eksporti 35 yilda qariyb 19 barobarga oshdi
13:44 / 23.03.2026