Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sudyalarning hayoti va sog‘lig‘i davlat tomonidan majburiy sug‘urta qilinadi
Vazirlar Mahkamasining “Sudyalar va ular oila a’zolarining moddiy hamda ijtimoiy ta’minotiga oid normativ-huquqiy hujjatlar bazasini kompleks tizimlashtirish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.
Sudyalar va ularning oila a’zolari pensiya ta’minoti shartlari, me’yorlari hamda tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlanadi. Nizom 2019 yil 11 yanvardan e’tiboran kuchga kirgani ma’lumot uchun qabul qilinadi.
Sudyalarning hayoti va sog‘lig‘ini davlat tomonidan majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risidagi nizom tasdiqlanadi.
Belgilanishicha:
- Oliy sud sudyalariga va ularning oila a’zolariga tibbiy xizmat ko‘rsatish prezident administratsiyasi huzuridagi Tibbiyot bosh boshqarmasi muassasalarida ko‘rsatiladi;
- sudyalarning hayoti va sog‘lig‘ini davlat tomonidan majburiy sug‘urta qilish “O‘zagrosug‘urta” aksiyadorlik jamiyati tomonidan amalga oshiriladi;
- sudyalarning hayoti va sog‘lig‘ini davlat tomonidan majburiy sug‘urta qilish tartibi 2019 yil 1 yanvardan e’tiboran kuchga kirgani inobatga olinadi.
Quyidagilar:
- malaka darajalari uchun sudyalarning lavozim maoshlariga qo‘shiladigan qo‘shimcha haq miqdorlari;
- sudlar va adliya organlari va muassasalarining malaka darajalari va martaba darajalariga ega bo‘lgan xodimlariga uzoq muddat xizmat qilgani uchun beriladigan har oylik ustama haq miqdorlari;
- martaba darajalari uchun sudlar va adliya organlari va muassasalari xodimlarining lavozim maoshlariga qo‘shiladigan qo‘shimcha haq miqdorlari tasdiqlanadi.
Vazirlar Mahkamasining “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, sud organlari va notarial idoralar xodimlari mehnatiga haq to‘lashning tarif setkasini joriy etish to‘g‘risida” 1996 yil 12 apreldagi 147-son qaroriga 6-ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritiladi.
Mavzuga oid
07:36 / 07.05.2026
Qonun talablarini buzgan ikki nafar sudya ishdan bo‘shatildi
18:34 / 26.04.2026
“Dacha”larning elektron bazasini yaratish va ijara narxlarini nazorat qilish rejalashtirilmoqda
09:35 / 01.04.2026
Mobil tariflarga yangi talablar joriy etilishi mumkin
08:11 / 18.03.2026