Qurbanbayeva Gulsara Axmedovna - Xorazm viloyati hokimi o‘rinbosari, oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchisi etib tayinlandi.
![](https://storage.kun.uz/source/8/lOFKOo46UBb50FjBUHhac--qF5A4Np33.jpg)
Foto: Xorazm viloyati hokimligi matbuot xizmati
Bunga qadar u Xorazm viloyati mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘ining 1-o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Sadullayev Jahongir Qo‘shnazarovich - Xorazm viloyati hokimining o‘rinbosari, viloyat mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimidan ozod etildi. Bu lavozimda u 2020 fevral oyidan beri ishlab kelayotgan edi.