Jahon | 19:24 / 11.03.2022
14951
1 daqiqa o‘qiladi

Erdo‘g‘an BMT tizimini isloh qilish vaqti kelganini aytdi

Turkiya prezidenti BMTni avval ham tanqid qilgandi.

Foto: TASS/Zuma

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an BMT tizimini isloh qilish vaqti kelganini aytdi.

"BMTga a’zo 193 mamlakat taqdirini besh mamlakat belgilaydigan tizim adolatdan emas. Tizim qayta isloh qilinishi kerak. Dunyodagi mamlakatlar beshtadan ko‘pligini gapirganimizda butun insoniyatning huquq va umumiy manfaatlarini himoya qilishga urinamiz, buni o‘z mamlakatimiz manfaati uchun gapirmaymiz", - dedi u.

Turkiya prezidenti BMTni birinchi marta tanqid qilishi emas. Erdo‘g‘an 2021 yil oktyabrda Angolaga tashrifi vaqtida ham  insoniyat taqdiri Ikkinchi jahon urushida g‘alaba qozongan "bir siqim mamlakatlar" ixtiyoriga tashlab qo‘yilmasligi kerakligini aytgandi.

Mavzuga oid