Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eron tashqi ishlar vaziri Moskvaga boradi
Husayn Amir Abdullohiyon yadroviy kelishuv borasida muzokara o‘tkazadi.
Eron tashqi ishlar vaziri Husayn Amir Abdullohiyon 15 mart kuni Moskvaga tashrif buyuradi, deb xabar berdi “Interfaks”.
Eron TIV Said Xatibzodaning so‘zlariga ko‘ra, u yadroviy kelishuv borasida muzokara o‘tkazadi.
“Yadroviy kelishuv bo‘yicha turli darajadagi maslahatlashuvlar davom etmoqda. Amir Abdullohiyon ertaga ushbu muzokaralarni davom ettirish uchun Moskvaga yo‘l oladi”, dedi Xatibzoda.
O‘tgan haftada Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Eron tashqi ishlar vaziri Husayn Amir Abdullohiyon bilan telefon orqali muloqot qilgandi.