O‘zbekiston | 14:37 / 15.03.2022
7763
1 daqiqa o‘qiladi

Ukrainadan qaytgan talabalar o‘qishini soddalashgan tartibda ko‘chirish boshlandi 

Ukrainadan qaytgan talabalar o‘qishini 15 martdan e’tiboran soddalashgan tartibda ko‘chirish boshlandi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi xabar qilmoqda.

Foto: Kun.uz

Qayd etilishicha, davlat rahbari raisligida 4 mart kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqqa binoan Ukrainadan qaytib, o‘qishini O‘zbekistonda davom ettirish istagida bo‘lgan talabalarning hujjatlari hududiy ishchi guruhlar tomonidan qabul qilinmoqda.

Bu jarayonda talabalar yashash hududlarida tashkil etilgan ishchi guruhlarga (ilovada) murojaat qilishi va batafsil ma’lumot olishi so‘ralgan.

Ma’lum qilinishicha, shu kunga qadar Oliy va o‘rta maxsus ta’lim hamda Tashqi ishlar vazirliklariga ushbu masalada murojaat qilgan fuqarolarning, xususan talabalarning xorijiy ta’lim muassasalari va yashash hududlari kesimida ro‘yxati shakllantirilib, hududlardagi ishchi guruhlarga yuborildi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid