Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Suvga to‘lgan Andijon, yopilgan yo‘llar, suv kirgan xonadonlar suratlarda
Bir necha kundan buyon tinimsiz yog‘ayotgan yomg‘ir oqibatida Andijon viloyatidagi ko‘chalar, xonadonlar suvga to‘ldi. Ayrim ko‘chalarda harakat cheklandi. Kun.uz muxbiri yomg‘ir ostidagi Andijon suratlarini jamladi.
Suv to‘lishi sabab, Andijon shahri Amir Temur shohko‘chasining ayrim qismlarida, shuningdek, Bobur shohko‘chasida avtomobillarning harakati vaqtincha to‘xtatilgan. Bu yerda bir necha kundan buyon suv qochirish ishlari amalga oshirilmoqda.
Oltinko‘l tumanida ham tuni bilan FVB xodimlari ko‘chalarda to‘lib qolgan suvlarni bartaraf etish bilan shug‘ullanishdi.
Shahrixon tumanining Mullaboy, Qorako‘rpa, Namozgoh, Yangi hayot, Yangi Vahim mahallalarining ayrim ko‘chalarida suv to‘lganligi sababli uni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.
Baliqchi tumanida ham tuman yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi tomonidan yo‘llarga to‘plangan suvlarni bartaraf etish ishlari davom etmoqda.
Izboskan tumani Amir Temur mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi Sarbozlar ko‘chasida tinimsiz yog‘ayotgan yomg‘ir sabab xonadonlarga ham suv to‘planib qolgan.
Mavzuga oid
09:40
O‘zbekistonning 9 viloyatida sel-suv toshqinlari xavfi e’lon qilindi
14:04 / 11.06.2026
Toshkent–Andijon va Toshkent–Termiz yo‘nalishlarida yuqori tezlikdagi poyezdlar qatnovi reja qilinmoqda
13:28 / 11.06.2026
Andijondagi poliklinikada fojia: 4 kishi vafot etdi
22:12 / 06.06.2026