Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘onada o‘lim bilan yakun topgan ayachli YTH sodir bo‘ldi
Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumanida Nexia avtomashinasi Isuzu avtobusi bilan to‘qnashishi oqibatida haydovchilardan biri shifoxonada vafot etdi. Bu haqda Farg‘ona IIB axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston tumanida 13 mart kuni haydovchi G‘.X. Mingtut qishlog‘i hududida Nexia avtoulovini boshqarib ketayotib, yo‘lning qarama-qarshi tomoniga o‘tib ketib, I.Sh. boshqaruvidagi Isuzu avtobusi bilan to‘qnashadi. Avtobus hodisadan keyin yo‘l chetidagi daraxtga borib urilgan.
YTH oqibatida Nexia avtomashina haydovchisi G‘.X. tan jarohati olib, shifoxonada vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq Qashqadaryoda ikkita Lacetti o‘zaro to‘qnashishi oqibatida ulardan biri yonib ketgani haqida xabar berilgan edi.
Mavzuga oid
09:30 / 17.06.2026
Toshkentda Lacetti va BYD to‘qnashuvi oqibatida uch kishi halok bo‘ldi
18:17 / 15.06.2026
“Suv ichaman deb chalg‘idim” – Navoiyda YTHga uchragan avtobus haydovchisi 10 yilga qamaldi
14:23 / 15.06.2026
Samarqandda Damas haydovchisi YTH sodir etib, mashinadan tushib qoldi
15:55 / 13.06.2026