IIV YHXBBning xabar berişiça, 2022 yil 17 mart kuni soat 20:30 larda Nişon tumani, “Nuriston” MFY hududidan ötgan avtomobil yölida 1990 yilda tuğilgan B.Yu. hamda 1992 yilda tuğilgan B.Ş. boşqaruvidagi Lacetti maşinalari özaro töqnaşgan.

Oqibatda haydovçi B.Yu. boşqaruvida bölgan Lacetti maşinasida yonğin yuzaga kelgan. Şundan söng hodisa haqida FVB xodimlariga xabar berilgan va yonğin öt öçiruvçilar tomonidan bartaraf etilgan.

Uşbu YTH hamda yonğinda heç kim tan jarohati olmagan va halok bölmagan. Faqat transport vositalariga jiddiy zarar yetgan.

Qayd etilişiça, holat yuzasidan Nişon tumani IIB YHXB xodimlari tomonidan suriştiruv olib borilmoqda.

Avvalroq Yangiyöl tumanida yölovçi avtobus yonib ketgandi.