Jahon | 15:26 / 26.03.2022
14685
1 daqiqa o‘qiladi

Arab davlatlari koalitsiyasi husiylarga qarshi harbiy operatsiya boshladi

Operatsiya "global energiya manbalarini himoya qilish va yetkazib berish zanjirini ta’minlashga" qaratilgan.

Foto: AP

Yamandagi isyonchi husiylarning Saudiya Arabistoniga hujumidan so‘ng Ar-Riyod boshchiligidagi arab mamlakatlari koalitsiyasi husiylarga qarshi harbiy operatsiya boshlanganini e’lon qildi

"Harbiy operatsiya maqsadga erishilmaguniga qadar davom etadi", - deyiladi koalitsiya bayonotida.

Qayd etilishicha, operatsiya "global energiya manbalarini himoya qilish va yetkazib berish zanjirini ta’minlashga" qaratilgan.

Koalitsiya fuqarolarni Yamandagi neft obektlari yoki Xudayda port shahridagi obektlarga yaqinlashmaslikka chaqirgan. 

25 mart kuni husiylar Saudiya Arabistonidagi bir nechta obektlarga hujum qildi. Jiddadagi Aramco neft kompaniyasi obektiga qilingan hujum oqibatida katta yong‘in kelib chiqdi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid