O‘zbekiston | 09:52 / 30.03.2022
10690
2 daqiqa o‘qiladi
Samarqand viloyatining to‘rtta tumanida IIB boshliqlari o‘zgardi
Bulung‘ur, Nurobod, Kattaqo‘rg‘on va Qo‘shrabot tumanlarida IIB boshliqlari o‘zgargan.
Samarqand viloyati IIB axborot xizmatining xabar berishicha, Ichki ishlar vazirining tegishli buyrug‘i bilan Bulung‘ur, Nurobod, Kattaqo‘rg‘on va Qo‘shrabot tumanlarida IIBga yangi boshliqlar tayinlangan.
Jumladan:
- Podpolkovnik Suvonqulov Zokir Latipovich Nurobod tumani IIB boshlig‘i etib tayinlangan. Mazkur tayinlovgacha, Z.Suvonqulov Qo‘shrabot tumani IIB boshlig‘i lavozimida ishlagan.
- Bunyod Jo‘raqulov Qo‘shrabot tuman IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlangan. Mazkur tayinlovgacha B.Jo‘raqo‘lov Bulung‘ur tumani IIB boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.
- Aslamjon Ochilov Kattaqo‘rg‘on tuman IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlangan. Mazkur tayinlovgacha A.Ochilov Nurobod tumani IIB boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.
- Podpolkovnik Otamurodov Abduvali Saidmurodovich Bulung‘ur tumani IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlangan. Mazkur tayinlovgacha A.Otamurodov Kattaqo‘rg‘on tumani IIB boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.
Avvalroq Jizzax viloyatida ham Jizzax shahri va yana bir nechta tumanlarda IIB boshliqlari o‘zgargandi.
Mavzuga oid
16:07 / 23.05.2023
“Siz bilan Chingachkuk uslubida gaplashaman”. Qarshida IIB boshlig‘i va prokuror nimani kelisha olmayapti?
16:38 / 12.02.2022
Muborak tuman IIB boshlig‘i qo‘lga olingani tasdiqlandi. U pora olayotganda qo‘lga tushgan tuman hokimi o‘rinbosariga sheriklikda gumonlanmoqda
14:36 / 12.02.2022
Muborak tuman IIB boshlig‘i tergovga tortilgani aytilmoqda. U protsessual tartibda ushlangan bo‘lishi mumkin
21:10 / 09.11.2018