Keça, 21 noyabr kungi sud majlisida Furqat tumani sobiq IIB boşliği va jinoyat işidagi sudlanuvçilardan biri Akmal Xöjayev körsatma berişdan avval sudga iltimosnoma kiritdi. U öz iltimosnomasida 17 aprel kuni ötkazilgan tezkor tadbir haqida tuman prokurorini oğzaki ravişda ogohlantirganini, biroq prokuror mazkur holatni inkor etayotganini bildirgan. Şuningdek, Gulira’no Qosimova 22 aprel kuni öz joniga suiqasd qilganini qayd etar ekan, uşbu voqea jinoyat haqidagi xabar sifatida röyxatga olingan-olinmaganini aniqlaş maqsadida tuman prokuroridan “Şakl-1” kitobini taqdim etişni sörab, suddan tegişli ajrim çiqarişni iltimos qildi.
Iltimosnoma sud raisi tomonidan qisman qanoatlantirildi.
Şundan söng sud raisi Akmal Xöjayevdan tezkor tadbir haqida körsatma berişini söradi. IIB sobiq boşliği barça ekspertiza xulosalari bilan tanişib çiqqaç körsatma berişini aytdi. IIB boşliği örinbosari Jasur Rasulov ham ekspertiza xulosalari bilan tanişib bölgaç körsatma berişini ma’lum qildi.
Ma’lumot uçun, sud G.Qosimovaga nisbatan ötkazilgan tadbirda IIB xodimlari tasvirga olgan videoyozuv, G.Qosimova tadbir kuni uşlab turilgan IIB binosidagi xona kamera yozuvi hamda G.Qosimovaning telefonidagi videoyozuvlar böyiça ekspertiza tayinlagan va uni ötkazişni X.Sulaymonova nomidagi ekspertiza markaziga topşirgan. Akmal Xöjayev va Jasur Rasulov uşbu ekspertizalar xulosalarini nazarda tutmoqda.
Akmal Xöjayev va Jasur Rasulov sud jarayoni avvalida barça guvohlar körsatmasidan söng körsatma berişini aytgan edi.
Sud 25 noyabrga qadar tanaffus e’lon qildi.
Eslatib ötamiz, Kun.uz oldinroq Furqat tumanida maktab direktori bölgan Gulira’no Qosimova bilan sodir bölgan holat haqida suriştiruv e’lon qilgandi. Unda Furqat tumani IIB xodimlari ayolni kaltaklab, kiyimlarini yirtib, yalanğoç holda tasvirga olgani haqida gap boradi. Holat Senat qömitasi tomonidan nazoratga olingan. Ombudsman Furqat tumani IIBning 4 nafar mas’ul xodimi jinoiy javobgarlikdan ozod etilganini ma’lum qilib, holatga aloqador bölgan har bir şaxsning qilmişi töliq va xolisona örganilişini söragan.
Avvalgi sud majlisida körsatma bergan Furqat tuman soliq inspeksiyasi sobiq boşliği, iş böyiça jabrlanuvçilardan biri bölgan Qurbonali Abdurahmonov özi bilan bir vaqtda












