Qarşi şahar prokuraturasi obektni buzib oliş uçun kuç taşlagan paytda, dökondorning rafiqasi özini yoqib yubormoqçi bölgan. Dökondor Bobur Xodiyevga köra, turmuş örtoğining ayni paytda köriş qobiliyati zaiflaşgan va u şifoxonada davolanmoqda.

Xodiyevning qölida Qarşi şahar hokimining 2008 yil 11 avgustdagi qarori bölib, u şu hujjat asosida faoliyat körsatib kelgan. Biroq Kadastr agentligi Qarşi şahar bölimining qarori bilan Xodiyevga ma’muriy jarima qöllanilgan. Dökon özboşimçalik bilan qurilgani aytilgan. Şundan söng iş sud tartibida körilgan va 2022 yil 30 noyabr kuni Jinoyat işlari böyiça Qarşi şahar sudida Kadastr agentligi Qarşi şahar bölimining qarori bekor qilingan.

Tadbirkor 2023 yil 13 aprel kuni şahar prokurori Alişer Mirzayevning topşiriği bilan hududga yetib kelgan içki işlar xodimlariga uşbu hujjatlarni körsatadi. Şundan söng içki işlar idoralari vakillari prokurorning noqonuniy talabini bajarişdan boş tortadi. Bu orada Qarşi şahrida 4-sonli IIB boşliği Asror Jörayev va prokuror Mirzayev örtasida telefon orqali ziddiyat yuzaga keladi.

“Siz prokurorsiz, men ham fuqarolar xavfsizligini ta’minlaydigan odamman. Siz hamprezidentning odami, men ham prezidentning odami. Tuşundingizmi, Alişerjon? Menga siz ödağaylamang. Ödağaylasangiz, şaxsiy adovat qilsangiz, ana undan keyin Çingaçkukdek, oçiqçasiga, bittama-bitta gaplaşamiz”, – deydi Asror Jörayev.

E’tiborni tortadigan yana bir holat bor. 13 aprel kuni dökonni buzişga urinilganda, Xodiyevning turmuş örtoği özini yoqib yubormoqçi bölgani haqida aytdik. Uşbu holat böyiça prokuratura vakili şahar prokurori Mirzayevga telefon orqali qisqaça hisobot bergan. Öşa suhbat asnosida prokuror Mirzayev sud qaçon bölişini söraydi. Xodim esa 18 aprel kuni sud bölişini aytadi. Demak, prokuror negadir sud qarorisiz tadbirkor mulkini buzişga jahd qilmoqda. Yoki u sud natijalarini oldindan bilganmidi?