Viloyat prokuraturasining qayd etişiça, yer ajratib beriş evaziga tadbirkordan 80 ming dollar pora talab qilib, şundan 50 ming AQŞ dollarini olgan vaqtida qölga olingan Mirişkor tumani hokimi örinbosari U.Yaxşiyevga nisbatan qözğatilgan jinoyat işi yuzasidan ötkazilgan dastlabki tergovda U.Yaxşiyev pora oliş jinoyatini Muborak tumani IIB boşliği Xöjanazar Bahriyev bilan oldindan jinoiy til biriktirgan holda sodir etganligi aniqlangan.

“Dastlabki tergov organi tomonidan Muborak tuman IIB boşliği X.Baxriyevning sodir etilgan jinoyatga bevosita daxldorligini isbotlovçi yetarli dalillar töplanganligi sababli, Baxriyev 2022 yil 11 fevral kuni jinoyat işida gumonlanuvçi sifatida jalb qilinib, şu kuni JPKning 221-moddasi tartibida uşlangan.

Bundan taşqari, viloyat prokurorining farmoyişiga muvofiq prokuratura va içki işlar idoralarining jinoyatçilikning oldini oliş va ularning yuzaga kelişiga sabab bölayotgan omillarni bartaraf etişga qaratilgan faoliyatini barça tuman-şaharlarda örganib, ularga amaliy yordam körsatiş böyiça işçi guruh tuzilgan.

Işçi guruh tomonidan 2022 yilning 7-10 fevral kunlari Muborak tuman prokuraturasi va içki işlar bölimining bu boradagi faoliyati hujjatlarni tahlil qiliş orqali örganilgan.

Örganişlar davomida, tuman IIBning tergovga qadar tekşiriş, dastlabki tergov va jinoyatlarni foş etiş böyiça faoliyatida bir qator kamçiliklar, xususan, öğirlik, bezorilik, talonçilik va firibgarlik kabi jinoyatlarni hisobdan yaşiriş holatlari aniqlangan”, deyiladi viloyat prokuraturasining Telegram-kanalida e’lon qilingan rasmiy munosabatda.

Bayonotda jinoyatlarni hisobdan yaşiriş holatiga aniqlik kiritiş maqsadida jinoyatdan jabrlangan fuqarolardan, şuningdek, tergovga qadar tekşiriş harakatlarini ötkazgan IIB xodimlaridan tuşuntirişlar olingan. Viloyat prokuraturasi tomonidan hisobdan yaşirilgan 3 ta öğrilik, 3 ta bezorilik, 1 ta talonçilik va 1 ta firibgarlik jinoyatlari böyiça jinoyat işlari qözğatilgani oçiqlangan.

Viloyat prokuraturasining rasmiy munosabatida jinoyatlarni yaşirişga bevosita daxldorligi aniqlangan şaxslar esa jinoiy javobgarlikdan qutuliş maqsadida ommaviy axborot vositalarida yolğon ma’lumotlar tarqatiş orqali aholini çalğitişga harakat qilayotgani ta’kidlanadi. Bildirilişiça, viloyat prokurori hamda viloyat IIB boşliği rahbarligidagi işçi guruh vaziyatni joyiga çiqqan holda örganib, holat yuzasidan xizmat tekşiruvlari tayinlangan.