Ijtimoiy tarmoqlar va ayrim OAVlar Qaşqadaryo viloyati Muborak tumani IIB boşliği qölga olingani haqida yozmoqda. U bundan bir neça kun oldin Muborak va Mirişkor tumanlaridan yer olib berişni aytib, 50 ming dollar olgan Mirişkor tumani hokimining örinbosariga şerik bölganlikda gumonlanayotgan bölişi mumkin.
Kasbi tumani hokimligi axborot xizmatining xabar berişiça, Muborak tumani IIB boşliği Mirişkor tumani hokimining 50 ming dollar olişida «dallollik» qilgani aytilmoqda.
«Muborak tuman IIB boşliği qölga olingan. Esingizdami, Mirişkor tumani hokimi örinbosari Mirişkor va Muborak tumanlaridan 500 gektardan jami 1000 gektar yer sotmoqçi bölib, söralgan 80 ming AQŞ dollaridan 50 mingini pora sifatida olayotgan vaqtida qölga tuşgan edi. Menga yetib kelgan ma’lumotlarga köra, kuni keça uşbu işda örtada dallollik qilgan Muborak tumani IIB boşliği ham qamalibdi», deyiladi hokimlik axborot xizmatining xabarida.
Kun.uz hodisa yuzasidan IIV matbuot kotibi Şohrux Ğiyosov bilan boğlandi. U Muborak tumani IIB boşliğining qölga olinganini tasdiqlamadi, şuningdek, inkor ham etmadi. IIB boşliğining tergovda guvoh sifatida qatnaşayotgan bölişi mumkinligini bildirdi.
Ma’lumot uçun, 2022 yil 7 fevral kuni Qaşqadaryo viloyati hokimligida ötkazilgan yiğilişda viloyat hokimi Mirişkor tumani hokimining mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş masalalari böyiça örinbosari U.Yaxşiyev fuqaroning işonçiga kirib, unga Mirişkor va Muborak tumanlaridan 500 gektardan, jami 1000 gektar yer olib beriş evaziga 80 ming dollar sörab, undan 50 000 dollarni olayotganda qölga olinganini ma’lum qilgandi.
Ma’lumot uçun, Qaşqadaryoda hokim örinbosarlaridan biri pora bilan qölga tuşgani haqida 2022 yil 6 fevral kuni viloyat hokimligi axborot xizmati xabar bergandi. Kun.uz manbasi uning Mirişkor tumani hokimining örinbosarlaridan biri ekanini ma’lum qilgan edi.













