Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Rossiyaga nisbatan joriy etilgan sanksiyalar ro‘yxatini kengaytirdi
Moliya vaziri Janet Yyellen Rossiya iqtisodiyotining aerokosmik, dengiz va elektronika sohalariga ham sanksiyalar joriy etilishi mumkinligini bildirdi.
AQSh moliya vazirligi Rossiyaga nisbatan kiritilgan sanksiyalar ro‘yxatini kengaytirdi.
Ro‘yxatga 21 kompaniya, jumladan, "Vektor" ilmiy-tadqiqot instituti, "Mikron" aksiyadorlik jamiyati, Molekulyar elektronika ilmiy-tadqiqot instituti va "Metrotek" ilmiy-texnik markazi kiritildi.
Shuningdek, 13 nafar jismoniy shaxs ham sanksiyalar ro‘yxatidan joy oldi. Ularning aksariyati "Serniya Injiniring" kompaniyasiga aloqador.
Bundan tashqari, moliya vaziri Janet Yyellen Rossiya iqtisodiyotining aerokosmik, dengiz va elektronika sohalariga ham sanksiyalar joriy etilishi mumkinligini bildirdi.
Vashington “ma’nosiz urush” yakunlanmaguniga qadar Rossiya prezidenti Vladimir Putinning “harbiy mashina”siga nisbatan sanksiyalar kiritishda davom etadi, deb ta’kidladi Yyellen.
Mavzuga oid
10:45 / 27.06.2026
Isroil va Livan AQSh vositachiligida kelishuv tuzdi
10:40 / 27.06.2026
Aviayonilg‘i taqchilligi: Rossiya importni keskin ko‘paytirdi
09:18 / 27.06.2026
Ho‘rmuz bo‘g‘ozidagi hujumdan keyin AQSh Eronga zarba berdi
21:31 / 26.06.2026