Jahon | 16:30 / 01.04.2022
13405
2 daqiqa o‘qiladi

Yevroittifoq AQShdan suyultirilgan gaz sotib olishni ko‘paytiradi 

2021 yilda Qo‘shma Shtatlar bilan Yevropaga 22 milliard kub metr suyultirilgan gaz yetkazib berilishiga kelishilgan.

Foto: AP

Yevrokomissiya AQShdan suyultirilgan gaz xarid qilish hajmini oshirmoqchi. Bu haqda Yevropa komissiyasi vakili Erik Mamer ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, 2021 yilda Qo‘shma Shtatlar bilan Yevropaga 22 milliard kub metr suyultirilgan gaz yetkazib berilishiga kelishilgan. Hozirda YeI qo‘shimcha 15 mlrd kub metr suyultirilgan gaz yetkazib berilishini mo‘ljallamoqda.  

Shu bilan birga, Yevrokomissiya vakilining ta’kidlashicha, AQShdan gaz yetkazilishi Yevroittifoqning Rossiya gaziga qaramlikdan qutulish uchun qo‘ygan qadamlaridan biri xolos. 

Mamerning aytishicha, kelgusi yilda YeIga suyultirilgan gaz yetkazib berish hajmi yana 35 mlrd kub metrga oshadi.

31 mart kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin «nodo‘st davlatlar»ga gaz rublda sotilishi bo‘yicha farmonni imzoladi.

Farmonda aytilishicha, Rossiyadan gaz sotib olishni istagan G‘arb davlatlari Rossiya banklarida hisobraqami ochishi kerak. Yangi joriy qilingan mexanizm suyultirilgan gaz bo‘yicha shartnomalarga ta’sir qilmaydi. 

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid