Jahon | 14:59 / 02.04.2022
10412
1 daqiqa o‘qiladi

Fransiyada avtomobilchilarga yonilg‘i uchun chegirma joriy etildi

Hukumat energiya narxlari ko‘tarilib ketganidan so‘ng avtomobil egalariga shu tarzda yordam berishni maqsad qilgan. Chegirma 31 iyulgacha amal qiladi.

Foto: AFP

Fransiyadagi avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchalarida uzun navbatlar paydo bo‘ldi, deb xabar berdi “Yevronyus”.

Xabarga ko‘ra, bunga Fransiya hukumatining har bir litr yonilg‘i uchun 18 yevrosent miqdorida chegirma joriy etishi sabab bo‘ldi.

Hukumat energiya narxlari ko‘tarilib ketganidan so‘ng avtomobil egalariga shu tarzda yordam berishni maqsad qilgan. Chegirma 31 iyulgacha amal qiladi.

Fransiyada benzin narxi hali ham yuqoriligicha qolmoqda, ammo endilikda narx ikki yevrodan pastga tushgan.

Yevropaning boshqa mamlakatlarida ham yonilg‘i narxi oshishiga qarshi choralar ko‘rilmoqda. Jumladan, Ispaniyada yonilg‘i quyish stansiyalariga bir litr benzin uchun 20 yevrosent chegirma berildi.  

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid