Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shri-Lankada tartibsizliklar sababli favqulodda holat rejimi joriy etildi
Mamlakat 1948 yildan buyon kuzatilgan eng yomon iqtisodiy inqirozni boshdan kechirmoqda.
Shri-Lanka prezidenti Gotabaya Rajapaksa keskin iqtisodiy vaziyat sababli o‘tkazilgan norozilik namoyishlari ortidan mamlakatda favqulodda holat rejimi joriy etilganini e’lon qildi. Bu haqda Adaderana xabar berdi.
31 mart kuni prezident qarorgohi yonida to‘plangan namoyishchilar prezidentning iste’fosini talab qildi.
Norozilik namoyishi vaqtida sodir bo‘lgan to‘qnashuvlar oqibatida 37 kishi jarohatlandi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Shri-Lanka 1948 yildan buyon kuzatilgan eng yomon iqtisodiy inqirozni boshdan kechirmoqda. Mamlakatga keladigan turistlar soni keskin kamaygani sababli kelib chiqqan xorijiy valuta taqchilligi inqirozga sabab bo‘ldi. Mamlakat yetarli miqdorda yonilg‘i sotib ololmayapti.
Shri-Lankaning ko‘plab hududlarida sutkasiga 13 soatgacha elektr energiyasi berilmayapti.
Mavzuga oid
23:56 / 27.04.2026
Shri-Lankada mojaro: 23 rohib 110 kg nasha kontrabandasi uchun hibsga olindi
20:40 / 05.03.2026
Eron fregati cho‘ktirilishi. Kamida 87 kishi halok bo‘lgan
17:30 / 04.03.2026
AQSh Shri-Lanka sohillari yaqinida Eron kemasiga zarba berdi (video)
13:16 / 03.01.2026