Jahon | 17:23 / 05.04.2022
15218
1 daqiqa o‘qiladi

Moskvada 100dan ortiq migrantlar ishtirokida ommaviy mushtlashuv sodir bo‘ldi

Mushtlashuvda Tojikiston va O‘zbekiston fuqarolari qatnashgani aytilmoqda.  

Foto: Videodan kadr

Moskvadagi «Serdse stolitsi» yashash kompleksi yaqinidagi qurilish maydonida migrantlar ishtirokida ommaviy mushtlashuv sodir bo‘ldi. Bu haqda «Govorit Moskva» radiostansiyasi xabar berdi.

Xabar qilinishicha, mushtlashuvda 60 nafar Tojikiston va 70 nafarga yaqin O‘zbekiston fuqarolari qatnashgan. 

TASSning o‘z manbasiga tayanib yozishicha, politsiya bo‘limiga mushtlashuvda qatnashgan 120 kishi olib kelingan.

Radiostansiya ma’lumotiga ko‘ra, janjal 1 aprel kuni sodir bo‘lgan. 

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid