Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
YeTTB Xorazmning qadimiy yodgorliklarini saqlashga ko‘maklashadi
Xiva shahrida Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining (YeTTB) umumlashgan madaniy meroslar dasturi doirasida «Loy arxitekturasini saqlash» mavzusida seminar-trening boshlandi.
Xorazm Ma’mun akademiyasi bilan hamkorlikda o‘tkazilayotgan ilmiy-amaliy anjumanda olimlar va tarixiy–me’moriy yodgorliklarni saqlash, ta’mirlash hamda targ‘ib qilish bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislar ishtirok etmoqda.
Seminarda Xivadagi loydan qurilgan qadimiy yodgorliklarni asrash bo‘yicha amaliy jarayonlarga e’tibor qaratilgan. Ushbu yodgorliklarning devorlari atmosfera ta’siridan himoyalanmagan bo‘lib, 2500-3000 yil davomida yomg‘ir, shamol, qor va quyosh ta’sirida ochiq holda turibdi. Noqulay ekologik sharoitda devorlar yemirilib, yoriqlar paydo bo‘lgan, buzilishni boshlagan.
Xiva shahridagi gil xomashyodan, xom g‘isht va paxsadan bunyod etilgan «Deshon qal’a» devorlarining ba’zi qismlarini konservatsiya qilish, qayta tiklash hamda to‘g‘ri ta’mirlash bo‘yicha yangi texnologiyalardan foydalanish imkoniyatlari o‘rganilmoqda. YeTTB ushbu jarayonlarga sarmoya kiritishni rejalashtirgan.
«YeTTB Xivadagi madaniy meros obektlarini asrab-avaylash ishlarini rivojlantirish, bu sohaga sarmoya kiritib, turizm sohasining taraqqiyotiga hissa qo‘shishni maqsad qilgan», - dedi trening tashkilotchisi, fransiyalik mutaxassis Sebastyan Moriset.
Tarixiy yodgorliklarni saqlash bo‘icha yangi ilmiy metodik usullar (gidrofobik (suv yuqtirmaslik) xususiyatini oshiruvchi indikatorlarni ishlatish) samara bersa, Janubiy Orolbo‘yidagi dunyo tamaddunida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan 100 dan ortiq qal’alarni saqlash masalalariga yechim topiladi.
Mavzuga oid
16:23 / 24.06.2026
Xorazmda ham jamoat transportida to‘lovlar to‘liq elektron shaklga o‘tkaziladi
08:45 / 23.06.2026
Farg‘ona va Xorazmda narkotik moddalar qo‘lga olindi
09:14 / 20.06.2026
YeTTB ko‘magida temiryo‘l harakatini boshqarish tizimi yangilanadi
17:52 / 18.06.2026