O‘zbekiston | 15:45 / 07.04.2022
4663
2 daqiqa o‘qiladi

Qashqadaryoda “Tashabbusli budjet” loyihasiga qancha taklif bildirilgan?

Qashqadaryo viloyatida ham “Tashabbusli budjet” loyihasi bo‘yicha aholining uyushqoqlik bilan harakat qilgani yaqqol sezildi. Jarayonlarning dastlabki bosqichidan ovoz berish bosqichigacha bo‘lgan davrda viloyat bo‘yicha 4496 ta taklif bildirildi. Shundan 2696 tasi ovoz berishda ishtirok etdi va yakunda 186 ta taklif g‘olib bo‘ldi.

Foto: Qashqadaryo viloyati hokimligi axborot xizmati

G‘oliblikni qo‘lga kiritgan, ya’ni eng ko‘p ovoz to‘plagan takliflarni moliyalashtirishda joriy yilning 1 fevral holatiga ko‘ra “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi”da 18086,6 mln so‘m qoldiq summa bo‘lib, shundan so‘ng jamg‘armaga 83928,3 mln so‘m (shundan 14886,1 mln so‘mi mahalliy budjetdan, 69042,2 mln so‘mi 2022 yil budjet parametri hisobidan shakllangan) mablag‘ o‘tkazilgan holda hozirgi paytda jamg‘armadagi qoldiq summa 102014,9 mln so‘mni tashkil etmoqda.

Foto: Qashqadaryo viloyati hokimligi axborot xizmati
Foto: Qashqadaryo viloyati hokimligi axborot xizmati

Bu yilgi jarayonlarda g‘olib bo‘lgan takliflarning umumiy qiymati 102331,8 mln so‘mni tashkil etib, ularga jami 375221 ta ovoz berilgan bo‘lsa, umumiy ovozlar soni 563390 tani tashkil etgan.

Yana bir statistika, o‘tgan yili tashabbuskorlar tomonidan 2404 ta taklif bildirilgan bo‘lib, shundan 107 tasi g‘olib deb topilgan. 78005 ta ovoz berilgan. Umumiy ovozlar soni esa 91296 tani tashkil qilgan.

Foto: Qashqadaryo viloyati hokimligi axborot xizmati
Foto: Qashqadaryo viloyati hokimligi axborot xizmati

Raqamlar tahlili shuni ko‘rsatmoqdaki, joriy yilda ushbu loyihada aholining faolligi sezilarli tarzda ortgan. Bu nafaqat bildirilgan takliflarning soni, balki ovoz berish jarayonlarida aholining faolligi bilan ham ajralib turibdi.

Qashqadaryo viloyati hokimligi axborot xizmati

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid