Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Surxondaryoda o‘ldirilgan ona va qizining qotili Rossiyada qo‘lga olindi
Qotillikda gumonlanayotgan shaxs Tojikistonga orqali Rossiyaga o‘tib ketgani aniqlangan.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmatining xabar berishicha, 2022 yil 6 aprel kuni soat 18:30 larda Sho‘rchi tumani Yakkabog‘ mahallasidagi xonadondan 1965 yil tug‘ilgan X.X. va uning qizi Sariosiyo tumani Zag‘nabod qishlog‘ida yashovchi uy bekasi, 1992 yil tug‘ilgan M.Z.ning jasadi yuqori nafas yo‘llari va bo‘yin a’zolariga o‘tkir tig‘li jism yordamida yetkazilgan tan jarohatlari bilan topilgan.
Holat yuzasidan viloyat prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi “a” , “j” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Shundan so‘ng viloyat IIB Jinoyat qidiruv boshqarmasi tomonidan mazkur qotillik jinoyatini sodir etishda gumonlangan, Sariosiyo tumanida yashovchi, 1984 yilda tug‘ilgan N.S.ga nisbatan mahalliy va xalqaro qidiruv e’lon qilingan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jinoyat qidiruv bosh boshqarmasi hamda Tojikiston Respublikasi IIV Jinoyat qidiruv bosh boshqarmasi bilan hamkorlikda amalga oshirilgan qidiruv ishlari natijasida, gumondor N.S. javobgarlikdan qutulish maqsadida Surxondaryo viloyatidan Tojikistonga o‘tib, u yerdan Rossiyaga ketgani aniqlangan.
Rossiya Federatsiyasida xizmat safarida bo‘lgan Surxondaryo viloyati IIB Jinoyat qidiruv boshqarmasi xodimlari tomonidan rossiyalik hamkasblar bilan hamkorlikda gumondor shaxs Moskvaning Domodedovo aeroportida qo‘lga olingan.
Qayd etilishicha, hozirda gumondorni O‘zbekistonga qaytarish choralari ko‘rilmoqda.
Avvalroq Ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov 2021 yilda qotillik jinoyatlarining har uchinchisi oilaviy muammolar tufayli sodir etilganini ma’lum qilgandi.
Mavzuga oid
15:10 / 20.05.2026
Qo‘qonda 19 yoshli qiz qotillikka qo‘l urdi
00:04 / 20.05.2026
Ispaniyada Mango do‘konlari asoschisining o‘g‘li otasini o‘ldirishda gumon qilinib ushlandi
17:53 / 11.05.2026
Navoiyda kuyovini o‘ldirish uchun killer yollagan ayol ushlandi
14:45 / 11.05.2026